"Real" muxlislari Benites o'rnida Zidan yoki Viktor Fernandesni ko'rmoqchi

Aslanov Jasurbek
17 dek 2015, 17:19
Ispaniyaning AS nashri "Real" yangi murabbiyi kim bo'lishi borasida so'rov o'tkazdi.

Futbol muxlislari hozirgi jamoa bosh murabbiyi Rafael Benites, "Kastilya" ustozi Zinedin Zidan yoki klub akademiyasi direktori Viktor Fernandesni tanlashi kerak edi.

So'rov natijalariga ko'ra, "Qirollik klubi"ning ko'pchilik muxlislari Zidanni "Real" bosh murabbiyi sifatida ko'rmoqchi. U 72% ovoz yig'di. Fernandes va Benites esa 15% va 13% ovozga ega bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com