"Real" muxlisi "Barselona" muxlislari o'tirgan sektorga kirib, ular ustidan kuldi (VIDEO)

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2018, 13:01
"Real" muxlisi "Barselona" hamda "Tottenxem" o'rtasidagi bahsda Kataloniya klubi muxlislari o'tirgan tribunaga kirib oldi.

International Champions Cup-2018 turniri doirasida Pasadenada o'tkazilgan bahs Kataloniya klubining g'alabasi bilan yakunlandi (2:2, penaltilar seriyasida 5:3). "Qaymoqranglilar" muxlisi "Real" emblemasini o'pib, raqs yordamida "Barselona" ishqibozlari ustidan kuldi. Avvaliga Kataloniya klubi muxlislari bunga e'tibor qilishmadi, biroq keyin suv idishlarini otishdi.

Voqea aks etgan videoni ko'chirib olish (skachat)


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com