"Real" Mourinyo bilan muzokaralarni boshlamoqchi

Mirjalol Normatov
5 dek 2018, 22:44
"Real" rahbariyati "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyoni jamoaga qaytarmoqchi.

"Evening Standard" xabariga ko'ra, "qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres 2010-2013 yillar davomida klubda ishlab, jamoani bir marta Ispaniya chempioniga aylantirgan murabbiyni yana "Real"da ko'rishni istamoqda.

Ayni damda portugaliyalik mutaxassis boshqarayotgan "Yunayted" APLning 8-jamoasi bo'lib turibdi. Uning yaqin vaqtlarda jamoadan ishdan ketish ehtimoli ham yo'q emas.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Evening Standard