“Real” “Milan”ni mag'lub etib, 28-marotaba Santyago Bernabeu Kubogiga ega chiqdi

Aziz Tukhtamuradov
12 avg 2018, 07:23
Madridning “Real” klubi ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan Santyago Bernabeu Kubogi sohibiga aylandi.

“Qirollik klubi” Madriddagi muhtasham “Santyago Bernabeu” stadionida o'tgan uchrashuvda “Milan” jamoasini 3:1 hisobida mag'lub etib, o'z tarixida 28-marotaba ushbu kubokni qo'lga kiritdi 

Ma'lumot uchun, Santyago Bernabeu Kubogi 1979 yildan e'tiboran har yili mavsum boshlanishi arafasida o'tkazib kelinadi. 

Santyago Bernabeu Kubogi

Real Madrid Ispaniya – Milan Italiya 3:1 (2:1, 1:0)

“Santyago Bernabeu” stadioni

Gollar: 1:0 – 2 Benzema, 1:1 – 4 Iguain, 2:1 – 45 Beyl, 3:1 – 90 Mayoral.

Real Madrid – Navas (Lunin, 78), Varan (Regilon, 60), Marselo (Nacho, 46), Karvaxal (Serxio Lopes, 77), Ramos (Valverde, 77), Isko (Modrich, 76), Kroos (Lorente, 60), Asensio (Vinisius Junior, 77), Kazemiro (Sebalos, 46), Beyl (Vaskes, 77), Benzema (Mayoral, 77).

Milan – Donnarumma, Musakko (Bellanova, 83), Rodriges (Kaldara, 56), Kalabriya (Simich, 82), Romanoli, Bonaventura (Chalxanoglu, 56), Bigliya (Mauri, 65), Suso, Kessie, Borini (Kutrone, 46), Iguain (Bakka, 65).

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif