"Real" Mendini YCHL qaydnomasiga kiritmadi

Sherzod Nurmatov
4 sen 2026, 14:25
"Real" himoyachi Ferlan Mendini 2026/27 yilgi Chempionlar Ligasining umumiy bosqichi qaydnomasiga qo'shmadi.

31 yoshli francuz futbolchisining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha tuzilgan. O'tgan mavsum yakunida futbolchi o'ng oyoq son to'g'ri mushagining pay jarohatini olib, operaciya qilingandi. Tiklanish taxminan 5 oy davom etadi.

Shu bilan birga, "Real" boshqa jarohat olgan futbolchilarni - himoyachi Eder Militao va hujumchi Rodrigoni qaydnomaga qo'shdi.

"A" ro'yxatidan jami 25 nafar futbolchi joy oldi. Klub tarbiyalanuvchilari bo'lgan yana 11 nafar o'yinchi esa "V" ro'yxatiga o'tkazildi.

2026/27 yilgi Chempionlar Ligasining umumiy bosqichida "Real" "Inter", "Arsenal", PSV, "Roma", "Leyptsig", "Shaxtyor", LASK va AEK klublariga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com