

Bu haqda Ispaniyaning "Marca" nashri xabar bermoqda.
O'tgan hafta fransiyalik futbolchi joriy mavsum yakunida PSJ bilan xayrlashayotganini rasman e'lon qilgandi. Uning klub bilan shartnomasi iyun oyida yakuniga etadi.
Mbappe keyingi mavsum qayerda o'ynashi haqida hozircha ma'lumot yo'q, ammo uning "Real"ga o'tishiga shubha yo'q. Ommaviy axborot vositalari bu haqda bir necha oydan beri xabar berib kelmoqda.
Madrid klubi bu xabarlarni Chempionlar Ligasi finalidan keyin tasdiqlash niyatida. "Borussiya" bilan "Uembli"da bo'ladigan o'yin 1 iyunga belgilangan.
"Marca" xabariga ko'ra, "Real" kelasi hafta Mbappening rasmiy taqdimotini o'tkazmoqchi. Bu 3 iyundan 9 iyungacha bo'lgan oraliqda sodir bo'ladi.
Shu tariqa hujumchi "Santyago Bernabeu"ga Evro-2024gacha yetib kelishi kutilmoqda. Vaqt ko'p emas, chunki 5 va 9 iyun kunlari Fransiya terma jamoasi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi.
Germaniyadagi musobaqa boshlanishidan oldin Dide Desham shogirdlari Lyuksemburg va Kanada bilan uchrashadi.



