"Real" Mbappega oid rasmiy bayonot berdi

Aslanov Jasurbek
4 noya 2023
"Real" Kilian Mbappe haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

Yaqinda paydo bo'lgan va turli ommaviy axborot vositalarida futbolchi Kilian Mbappe va klubimiz o'rtasida muzokaralar olib borilishi haqidagi ma'lumotlarni e'tiborga olib, "Real Madrid" futbol klubi bu ma'lumotlar butunlay yolg'on ekanligini va unga tegishli futbolchi bilan hech qanday muzokaralar olib borilmayotganini e'lon qilmoqchi" - deyiladi Madrid klubi bayonotida.


Mbappening PSJ bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Oldinroq "Real" fransiyalik futbolchini transfer qilish uchun yangi urinishlar qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Realmadrid.com