"Real" Mbappedan butkul voz kechmoqchi

Оқил Абдубарноев
20 sen 2022, 21:10
Madridning “Real” klubi Fransiya terma jamoasi va PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni o'z safiga qo'shib olmoqchi emas.

"Qirollik klubi" 23 yoshli hujumchining o'zi "Santyago Bernabeu"ga o'tish istagini bildirmaguncha uni sotib olishga urinmasliklarini takidlagan.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum oxirida tomonlar muzokaralar olib borishgan va kelishuvga yaqin turgandi, biroq so'nggi daqiqada Kilian fikrini o'zgartirib, parijliklar bilan yangi uch yillik shartnoma imzoladi.

Fransiya chempionatining joriy mavsumida Mbappe 7 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: AS