“Real” Marseloga o'rinbosar topib qo'ydi

25 okt 2018, 08:15
Braziliyalik tark etsa, uning o'rniga Aleks Telles olib kelinadi.

“Portu” himoyachisi Aleks Telles “Real” qiziqishlari doirasida tushib qoldi. Madrid klubi 25 yoshli futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan 40 mln evro tovon pulini to'lab sotib olishga tayyor. “Real” Tellesga “Yuventus”ga o'tib ketishi mumkin bo'lgan, Marseloning o'rinbosari sifatida qaramoqda.

Ma'lumot uchun, Telles Portugaliya chempionatining joriy mavsumida 7 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Record