

Ma'lumotlarga qaraganda, futbochi og'ir jarohatdan so'ng mashg'ulotlarga qaytgan, biroq mashg'ulot vaqtida oyog'ida qattiq og'riq sezgan.
Ma'lumot uchun, Alaba o'tgan yilning dekabr oyida jiddiy jarohat olgandi. O'shanda shifokorlar xochsimon paylarning uzilishi tashxini qo'yishgandi. Shundan so'ng futbolchi ikki marta jarrohlik stoliga yotdi. Biroq hali ham to'liq tiklanmadi va joriy yil maydonga tushmadi.




