"Real Madrid" yozda Keynni sotib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
3 may 2023
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn yozda Ispaniyaga ko'chib o'tishi mumkin.

"Qirollik klubi" hujum chizig'ini kuchaytirish niyatida. Bu yo'lda angliyalik hujumchi ideal nomzod sifatida ko'rilmoqda. Bu mavsum Karim Benzema turli sabablar bilan jamoaga yordam bera olmaganida, boshqa chinakam markaziy hujumchi yo'qligi "Real"ga bir necha bor pand berdi.

Shu sababli, "Madrid" yozgi transfer oynasida sovrinlar yutishni istayotgan Keynni La Ligaga olib kelishni o'ylamoqda.   


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: AS