"Real Madrid" boshqa hech kimni sotib olishni rejalashtirmayapti

Оқил Абдубарноев
23 iyul 2024, 23:46
Ispaniyaliklar faqatgina erkin agent sifatida himoyachi transfer qilishi mumkin.

"Real Madrid" yozda boshqa pul sarflamoqchi emas. Ma'lumotlarga ko'ra, Madrid jamoasi o'tgan yilga nisbatan kichikroq tarkibga ega bo'lishiga qaramay (hozirda 22 o'yinchi bor, 23 nafardan kam) va 7 sovrin uchun bo'lajak kurashga qaramay, hech qanday xaridni rejalashtirmayapti.

Agar mos variant topilsa, himoya chizig'iga erkin agent bilan shartnoma imzolanishi mumkin. Avvalroq Ispaniya chempioni Dortmundning "Borussiya" klubini tark etgan Mats Xummelsga qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: As