"Real Madrid" 18 yoshli futbolchini nishonga oldi

Sherzod Nurmatov
6 okt 2022
Madrid klubi "Benfika"ning yosh umidli vakillaridan biri Antoniu Silvani kuzatib bormoqda.

18 yoshli himoyachi Portugaliya klubi tarkibida kattalar jamoasida shu paytga qadar atigi 8 ta o'yinda ishtirok etgan. Portugaliyaning U-21 terma jamoasi a'zosi ushbu mavsumga qadar biror o'yinda ko'rinish bermagan edi. Biroq uning chempionatdagi debyutidan so'ng himoyachi jamoaning barcha musobaqalardagi 9 ta o'yinidan bor-yo'g'i bittasini o'tkazib yubordi.

Antoniu Silva "Benfika"ning PSJ bilan 1:1 hisobida durang o'ynagan ajoyib o'yinida to'liq 90 daqiqa maydonda harakatlandi.

"Qirollik klubi" yosh iqtidorlarni o'ziga og'dirishga sodiqligini namoyish etishda davom etadi va yaqin orada Silva ham "Santyago Bernabeu"da "Real" libosida chiqish qilishi mumkin. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Сalciomercato