"Real" "Legiya"ga qarshi bahsda xavfsizlikdan havotirda

Aslanov Jasurbek
18 okt 2016, 17:12
"Real" "Legiya"ga qarshi Chempionlar ligasi 3-tur uchrashuvida xavfsizlikdan havotirda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Polsha klubi muxlislari 4000 ta chipta xarid qilishgan va ularning 300tasi Varshavadagi o'yin bo'sh tribunalar ostida o'tishiga sabab bo'lgan ultras qo'lida.

Oldinroq UEFA "Legiya"ni ishqibozlar tomonidan maydonga turli buyumlar uloqtirilgani uchun stadionni yopish bilan jazolagan edi.

"Real" Internet orqali agressiv muxlislarga chipta sotishni oldini olishga harakat qildi. Madrid klubi Polshaning kredit kartochkalarini bloklab qo'yishga ham majbur bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS