"Real" La Liga jadvalida "Barselona"dan o'tib ketdi

Alisher
22 dek 2024
"Real" bugun La Liga 18-tur doirasida "Sevilya" (4:2)ni mag'lub etdi.

Shunday qilib, "qaymoqranglilar" "Barselona"ni Ispaniya chempionati jadvalida ortda qoldirishdi.

"Real" 18 o'yindan so'ng 40 ochko jamg'argan holda La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. "Barselona" esa 19ta o'yinda 38 ochko jamg'argan holda uchinchi o'rinda. La Liga turnir jadvalini 41 ochko bilan Madridning "Atletiko" klubi boshqarmoqda.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia