"Real" ketma-ket 4-g'alabasiga erishdi. Mag'lubiyatsiz seriya esa yanada uzaydi

Aziz Tukhtamuradov
4 yanv 2024, 08:30
"Real" mag'lubiyatsiz seriyasini 18 ta o'yinga etkazdi.

Karlo Anchelotti jamoasi La Liganing 19-turida "Malorka" ustidan 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. 

Bu madridliklar uchun ketma-ket 4-g'alaba bo'ldi. Mag'lubiyatsiz seriya esa 18 ta o'yinga etdi. Jamoa 27 sentyabrdan buyon barcha musobaqalarda 15 ta g'alaba va 3 ta durang qayd etdi. 

Endi "Real" navbatdagi o'yinini 6 yanvar kuni Ispaniya kubogi doirasida "Arandina"ga qarshi o'tkazadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta