"Real" ketma-ket 27-marta YCHLga yo'llanma oldi. Bu eng uzun seriya

Narzulla Saydullayev
14 may 2023, 08:52
"Real" kelgusi mavsum Yevropa chempionlar ligasida o'ynashni kafolatladi.

Karlo Anchelotti jamoasi Ispaniya chempionati 34-turida "Xetafe"ni taslim (1:0) qildi va 71 ochko to'pladi. Beshinchi o'rindagi "Vilyarreal" bilan farq chempionat tugashiga 4ta tur qolganida 14 ochkoni tashkil etmoqda.

So'nggi bor Madrid klubi 1996/97 yilgi mavsumda YCHLga chiqa olmagandi. Ketma-ket 27 mavsum ushbu musobaqada o'ynash - Yevropadagi eng uzun seriya hisoblanadi. Ikkinchi o'rinda ketma-ket 20-mavsum YCHLga chiqqan "Barselona" bormoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia