"Real" Kazemiro voqeasidan so'ng futbolchilarining uylarini himoya qilishga qaror qildi

Alisher
1 okt 2019, 11:59
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Kazemirouning uyiga o'g'ri tushganidan so'ng futbolchilarining uylarini himoyalamoqchi.

"Qaymoqranglilar" xo'jayini futbolchilarining uylariga o'g'ri tushishidan norozi bo'lmoqda.

O'g'irliklarning oldini olish uchun "Real" har bir o'yinchining uyiga maxsus xavfsizlik tizimini o'rnatadigan kompaniya bilan shartnoma imzolashga qaror qildi.

Shuningdek, "qirollik klubi" rahbarlari futbolchilardan uylarining rasmini ommaga taqdim etmaslikni so'ragan.

Eslati o'tamiz, Kazemirodan tashqari Zidan, Isko va Vaskeslarning uylariga ham o'g'ri tushgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Chiringuito