Real Karvaxalning diskvalifikaciyasiga apellyaciya beradi

Narzulla Saydullayev
9 dek 2017, 09:40
Real ustozi Zinedin Zidan klub UEFAning Daniel Karvaxal bo'yicha qabul qilgan qaroriga apellyaciya berilishini ma'lum qildi.

Himoyachi APOEL bilan o'yinda (6:0) atayin sariq kartochka olganlikda gumonlanib ikkita uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.

Futbolchi Borussiya D (3:2) bilan o'yinda maydonga tushmadi, shu bois 1/8 finalning birinchi o'yinida ham maydonga tusha olmaydi.

Buni atayin qilganini isbotlab bo'lmaydi. U atayin sariq kartochka olganiga ishonmayman. Bunday bo'lishini istamagandi.

Biz apellyaciya beramiz va jazo bekor bo'lishiga umid qilaman. Aks holda bu bizga nisbatan nohaqlik bo'ladi, – deydi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com