"Real" Karlo Anchelottining o'rniga ikki nomzodni ko'rib chiqmoqda

Aziz Tukhtamuradov
1 dek 2023, 09:55
Karlo Anchelottining "Real"dagi kelajagi noma'lumligicha qolmoqda.

Avvalroq, mavsum yakunlanganidan so'ng Anchelotti "Real"ni tark etib, Braziliya terma jamoasini boshqarishi haqida xabarlar tarqalgandi. 

Shuningdek, madridliklar futolchi bilan shartnomani uzaytirishga tayyor ekanliklari ham aytilgandi. 

Biroq, ayni paytda shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib borilayotgani yo'q.

Agar Anchelotti "Real"dan ketsa, klubda uning o'rniga ikki nomzod bor: "Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonso va "Brayton" ustozi Roberto De Zerbi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Athletic