"Real" JCHda Alfonso Devisni kuzatib boradi

Sherzod Nurmatov
23 noya 2022, 12:51
Madrid klubi Qatardagi mundialda bir qator o'yinchilarning imkoniyatlarini o'rganib chiqadi.

Ana shunday o'yinchilardan biri Kanada terma jamoasi yulduzi Alfonso Devisdir. "Qirollik klubi" ancha vaqtdan buyon uning harakatlaridan hayratda va uni jamoaning chap qanot himoyasida Ferlan Mendiga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Chunki klub Mendi bilan ishlashda davom etish yoki sotib yuborish borasida aniq qarorga ega emas.

22 yoshli Devis Yevropaning hujumga moyil eng noyob chap qanot himoyachilaridan biri hisoblanadi va unda "Bavariya" bilan 2025 yilga qadar belgilangan bitim mavjud. "Real" 70 mln evroga baholanayotgan futbolchi uchun Myunxen klubini muzokaralar stoliga olib kelish uchun kurashadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es