Real jahon rekordini takrorladi!

Narzulla Saydullayev
18 sen 2017, 08:24
Madridning Real klubi ketma-ket 73-uchrashuvda gol urishga erishdi.

Madridliklar kecha Real Sosedadni 3:1 hisobida mag'lub etishdi.

Borxa Mayoral va Garet Beyl to'p kiritishdi, yana bir golni Kevin Rodrigesh o'z darvozasiga urdi.

Madrid klubi Braziliyaning Santos klubi tomonidan 1960-yillarda o'rnatilgan jahon rekordini takrorladi. 20 sentyabr kuni Real o'z uyida Betis bilan o'ynaydi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJose