"Real" Italiya terma jamoasi darvozabonini xarid qilmoqchi

Alisher
19 fev 2020, 12:56
"Milan" darvozaboni Janluiji Donnarumma "Real" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

"Qaymoqranglilar" Tibo Kurtuaga raqobatdosh qidirishmoqda va ayrim o'yinlarda belgiyalik posbonga dam bergan holda yangi darvozabonni maydonga tushirishmoqchi.

Xabar qilinishicha, Donnarumma "Milan"dan ketsa, klub uning o'rniga "Torino"dan Salvatore Siriguni xarid qiladi.

Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi darvozaboni joriy mavsum A Seriyada 23ta o'yinda maydonga tushib, 8ta quruq o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport