Real Ispaniya kubogi finaliga gol o'tkazmay chiqqan birinchi klub

Narzulla Saydullayev
12 fev 2014, 14:15
Real Ispaniya kubogi tarixida finalga bironta gol o'tkazmay yetib borgan ilk klubga aylandi.
Madrid klubi 1/16 finalda ikki o'yinda Olimpikni (0:0, 2:0), keyingi bosqichda esa Osasunani taslim qilgandi (2:0, 2:0).

Chorak finalda Espanol (1:0, 1:0) ortda qoldirilgan, yarim finalda Atletiko ustidan ikkala o'yinda (3:0, 2:0) ham g'alaba qozondi.

Bugun Real Sosedad – Barselona uchrashuvidan so'ng Realning finaldagi raqibi aniqlanadi.

Birinchi o'yinda Kataloniya klubi 2:0 hisobida g'alaba qozongandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru