

Madridning “Real” hamda “Rayo Valekano” jamoalari o'rasidagi o'rtoqlik o'yini koronavirus sabab qoldirildi. “Rayo” futbolchilari COVID-19 ga test topshirgan. Uning natijalari esa chorshanba kuni ertalab ma'lum bo'lishi aytilgan. Shu boisdan tomonlar xavfsizlikni birinchi o'ringa qo'yishni maqul ko'rgan holda 9 sentyabr kuni Alfredo di Stefano nomidagi stadionda o'tishi kerak bo'lgan bahsni qoldirishgan.



