“Real” Ikardi bilan Keynni sotib olmoqchi

23 noya 2018, 08:10
OK Diario nashri bu haqda xabar bermoqda.

“Real” qishki transferlar oynasi vaqtida bir yo'la ikki hujumchi bilan jamoa safini kuchaytirib olmoqchi. Unga ko'ra, “Inter” hujumchisi Mauro Ikardi hamda “Tottenxem” forvardi Xarri Keyn “Qirollik klubi” safini to'ldirishi kutilmoqda.

25 yoshli Ikardining narxi 95 mln, Keynning narxi esa 150 mln evroga baholanmoqda.

Joriy mavsum Ikardi “Inter” safida 10 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Keyn esa “shporlar” safida 10 ta gol urib, 1 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: OK Diario