"Real" himoyasini "Inter" futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi

Sherzod Nurmatov
15 fev 2022, 22:29
Madrid klubi markaziy himoya chizig'ini mustahkamlash niyatida.

Manbaga ko'ra, "qirollik klubi "Inter"ning slovakiyalik himoyachisi Milan Shkrinyarga e'tibor qaratdi.

Shkrinyar "neradzurrilar" tarkibida 2017 yildan beri o'ynamoqda. U shu paytgacha 197 o'yinda 11 ta gol urgan hamda 4 ta golga assistentlik qilgan.

27 yoshli o'yinchi A Seriya joriy mavsumida 22 ta o'yinda madonga tushdi va raqiblar darvozasiga 3 ta to'p kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes