"Real" himoyachisi safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
13 mar 2025, 20:54
"Real" himoyachisi Ferlan Mendi jarohat orttirib oldi.

Fransiyalik futbolchi YCHLning 1/8 finali doirasida "Atletiko"ga qarshi o'yinning ikkinchi bo'limida boldir mushaklarini tortib olgan va shu sababli almashtirilgan.

Mahalliy matbuotning ma'lum qilishicha, ushbu jarohatni davolash uchun 3-4 hafta kerak bo'ladi. Mendi ushbu mavsumda LaLiganing 14 o'yinida qatnashib, 1 golga assist vazifasini bajarib berdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/AranchaMOBILE