"Real" himoyachisi Militao belidan jarohat oldi

Alisher
13 okt 2021, 07:53
Braziliya terma jamoasi himoyachisi Eder Militao JCH-2022 saralash doirasidagi Kolumbiya (0:0)ga qarshi o'yinni oxirigacha etkaza olmadi.

"Real" futbolchisi o'yin yakunlanishiga 20 daqiqa qolganda belidagi og'riq sabab bahsni tark etishga majbur bo'ldi.

"Selesao" tibbiy xizmati markaziy himoyachining belida jarohat borligini aniqladi.

Jarohat jiddiy emas, ammo o'yinchidan qo'shimcha testni o'tishni talab qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo