Real futbolchisini 9ta klub ijaraga olmoqchi

Narzulla Saydullayev
25 avg 2018, 07:50
Real yangi futbolchisi Vinisius Junior transfer bozorida juda ham talabgor.

18 yoshli braziliyalik futbolchi bu mavsumni Kastilyada (Realning ikkinchi jamoasi) o'tkazishi ma'lum bo'lgach, Ispaniyaning bir yo'la 7ta klubi uni ijaraga olishni istab qolishdi. Gap Rayo Valekano, Valyadolid, Betis, Sosedad, Leganes, Jirona va Espanol haqida ketmoqda.

Bundan tashqari Vinisiusga Nant va Udineze kabi xorij klublari ham qiziqishmoqda.

Futbolchining o'zi Realni tark etmoqchi emas. Vinisiusning agenti mijozining Kastilyaga o'tkazilishidan norozi bo'ldi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com