“Real” futbolchisi Rodrigo jarohat oldi

Aslanov Jasurbek
24 dek 2020, 08:41
“Real” La Liga 15-turi doirasida “Granada”ni 2:0 hisobida engdi.

Uchrashuvning 38-daqiqasida Madrid jamoasi a'zosi Rodrigo jarohat olib maydonni ertga tark etishga majbur bo'ldi. Futbolchi raqib himoyachisi Dimitri Fulke bilan kurashda o'ng oyoq sonidan jarohat oldi va darhol o'zini almashtirishlarini so'radi. Rodrigo zambilda maydondan olib chiqib ketildi.

19 yoshli futbolchi yaqin 2-3 kun ichida tibbiy tekshiruvdan o'tkaziladi. Rodrigo joriy mavsum La Liganing 11 ta o'yinida qatnashib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS