"Real" futbolchisi: "Menga Italiya yoqadi, balki u yerda o'ynarman"

Alisher
13 noya 2019, 11:29
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich A Seriyada o'ynashni xohlashini aytib o'tdi.

"Menga Italiya yoqadi, A Seriyani kuzatib boraman, chunki u yerda mening terma jamoadagi ko'plab sheriklarim o'ynashadi. Italiyaliklar - fantastik odamlar. Italiya Xorvatiyaning yonida joylashgan, shu sababdan ham biz o'xshashmiz.

Menga bu mamlakat yoqadi, ko'ramiz qachondir Italiyada o'ynarman. Bu haqida gapirishni istamayman, chunki men "Real" o'yinchisiman. Hozirgi vaqtda men kelajagimni Madrid bilan bog'laganman", deydi Modrich.

Yarim himoyachining "qaymoqranglilar" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2020 yil iyunga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com