"Real" futbolchisi "El-Klassiko" vaqtida Messini burga, Suaresni esa quyon dedi

Aslanov Jasurbek
4 mar 2019, 19:12
"Real" himoyachisi Serxio Regilon "Barselona"ga qarshi LaLiganing 26-tur o'yin uchrashuvi (0:1) paytida raqiblar bilan aytishgan ekan.

Ma'lumotlarga ko'ra, "qaymoqranglilar" tarbiyalanuvchisining birinchi nishoni Luis Suares bo'ldi. Regilon urugvaylikka quyidagi so'zlarni aytdi: "Tegma menga, badbashara". Keyinroq futbolchilar yana janjallashishdi va bu safar himoyachi raqibini quyon deb atadi.

Shu bilan birga Regilon "Barselona"ning boshqa hujumchisi Lionel Messi bilan baland ovozda gaplashdi. "Real" futbolchisi Messiga quyidagi gaplar bilan murojaat qildi: "Nima? Nima deyapsan? Burga, seni nima havotirga solyapti? Senga nima bo'lyapti?"

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS