"Real" Falkao bilan muzokaralarni boshladi

Mirjalol Normatov
19 avg 2018, 11:57
"Monako" hujumchisi Radamel Falkao "Real" qiziqishlari doirasida.

"Don Balon" xabariga ko'ra, tomonlar muzokaralarni boshlab yuborishgan. U Krishtianu Ronalduning joyida o'ynashi mumkin bo'lgan nomzodlardan biri bo'lib turibdi. Ayni damda "qaymoqranglilar" tarkibida ikkitagina hujumchi qolgan.

Oldinroq "Real" Mauro Ikardi, Rodrigo va Timo Vernerning xizmatlariga qiziqishi borligi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Don Balon