"Real" Eriksen uchun o'z xavbekidan voz kechishga tayyor

Mirjalol Normatov
24 dek 2019, 11:09
"Real" yarim himoyachisi Isko klubdan ketishga yaqin.

"Chelsi" ayni damda Isko uchun 44 million funt tayyorlab qo'ygan. "Real" esa ayni damda "Tottenxem" xavbeki Kristian Eriksenni sotib olish uchun Iskodan voz kechishga tayyor turibdi. Daniyalik yarim himoyachi esa 50 million funtga baholanmoqda.

Manbaga ko'ra, "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Iskoni jamoaning rejalariga kiritmayapti va uning sotilishiga qarshi emas.

Shuningdek, ispaniyalikka "Manchester Siti" ham da'vogarlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Express