“Real” YCHLdagi rekordini yangiladi

Eldor Akmurzayev
12 okt 2022, 09:05
Chempionlar Ligasi 4-turida “Real” safarda “Shaxtyor” bilan durang o'ynab, 1/8 final masalasini erta hal qilishga erishdi.

Madridliklar guruhda 10 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Real” 12-marotaba guruh bosqichi yakunlanishiga 2 tur qolganida muddatidan oldin keyingi bosqichga chiqib, o'z rekordini yangilashga erishdi.

Eng yaqin taqibchilar “Bavariya” hamda “Barselona” bunga 10 martadan erishgan bo'lsa, “Yuventus” 7 bor makzur natijani qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mister Chip