"Real" De Xea uchun 65 million evro berishga tayyor

Tolibjon Qosimov
8 fev 2017
Madridning "Real" jamoasi rahbariyati yozda "Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea uchun 65 million evro taklif qilishga tayyor.
Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.

26 yoshli darvozabonning MYU bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar mo'ljallangan, ammo ingliz klubi rahbariyati kelishuvni uzaytirish tarafdorilar.

Lekin, manbaning xabar qilishicha, darvozabonga to'lanadigan pul miqdori ispan klubi tomonidan bildirilgan taklifni ko'rib chiqishga sabab bo'lishi mumkin.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Marca