"Real" darvozaboni Angliyaga uchib ketdi

Mirjalol Normatov
15 yanv 2019, 22:45
"Real" darvozaboni Kiko Kasilya Angliyaga uchib ketdi.

32 yoshli posbon "Lids"da tibbiy ko'rikdan o'tadi. Shu boisdan u jamoaning bugungi mashg'ulotida qatnashmadi.

Ispaniyalik posbon 2015 yilda "Real"ga o'tgandi. Shundan buyon u jamoasi tarkibida atigi 43 o'yinda qatnashdi.

Ammo u bu mavsumda o'yinlarga tushganicha yo'q. Kikoning "Real" bilan shartnomasi 2020 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Yorkshire evening post