"Real" Chuamenini "Chelsi" yarim himoyachisi uchun berib yuborishga tayyor

Alisher
16 mar 2025, 15:55
Madridning "Real" klubi Londonning "Chelsi" klubi safidan o'rta chizig'i uchun kerak bo'ladigan o'yinchi topdi.

"Qirollik klubi" qiziqishlari doirasida argentinalik xavbek Enco Fernandes bor. "Qaymoqranglilar" Enco uchun o'zining fransiyalik yarim himoyachisi Orelen Chuamenini berishga tayyor.

Klublar o'rtasida futbolchilar almashinuvi bo'lishi ehtimoli katta. Joriy mavsumda Fernandes London jamoasining 34 ta o'yinida qatnashib, beshta gol va to'qqizta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Chuameni esa madridliklarning 39 uchrashuvida qatnashib, bitta golga assistentlik qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Teamtalk