
Ma'lumotlarga ko'ra, Ispaniya Kubogining reglamentining 56-bandida futbolchilarning diskvalifikaciyasiga o'zgartirish kiritiladi. Chetlatish faqat diskvalifikaciya olingan turnirda amal qiladi.
"Real" sobiq yarim himoyachisi "Kadis"ga qarshi Ispaniya Kubogining 1/16 final uchrashuvida maydonga tushib, gol urgan edi. Keyinroq u ushbu bahsda maydonga tushishi mumkin emasligi aniqlangandi.