La Liga. "Real" bu borada ham birinchi bo'ldi

Omonjon To`xtamirzayev
18 apr 2022, 02:32
Hozirgina La Liga 32-turi doirasidagi "Sevilya" - "Real Madrid" uchrashuvi yakuniga etdi.

Murosasiz kurash va kutilmagan "burilishlarga" boy bo'lgan bahsda "Real" 3:2 hisobida irodali g'alabani rasmiylashtirdi.

Birinchi bo'limdan keyin 0:2 hisobida ortda borayotgan "qirollik klubi" 90+2-daqiqada Karim Benzemaning golidan keyin 3 ochkoni o'ziniki qilib oldi. 

E'tiborli jihati, ushbu mavsum La Liga doirasida "Sevilya" o'z maydonida hali hech kimga yutqazmagandi. "Real" bu borada ham birinchi bo'ldi.      

La Liga ishqibozlari uchun ushbu telegram-kanalni tavsiya qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia