“Real” bosh murabbiyi Luka Modrichga murabbiylar shtabidan ish taklif qildi

Оқил Абдубарноев
20 fev 2024, 23:53
Ispaniyaning “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Luka Modrichga Madrid klubi murabbiylar shtabidan joy taklif qildi.

38 yoshli xorvatiyalik buning uchun italiyalik mutaxassisga minnatdorchilik bildirgan bo'lsa-da, futbolchilik faoliyatini davom ettirish uning ustuvorligi ekanini aytdi.

Avvalroq Modrich Madrid klubi bilan shartnomasini uzaytirmasligi va faoliyatini yakunlashi haqida xabarlar tarqalgandi.

Tajribali yarim himoyachi 2012 yildan buyon “Real”da o'ynab kelmoqda. Modrich joriy mavsum 28 o'yinda 1 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining Madrid klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Athletic