"Real" birinchi taymda "Siti" darvozasiga birorta aniq zarba bermadi, zarbalar bo'yicha hisob 13:1

Aslanov Jasurbek
18 may 2023, 00:55
"Real" "Manchester Siti"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim final javob o'yinining birinchi bo'limida birorta aniq zarba bera olmadi.

Karlo Anchelotti jamoasi bor-yo'g'i bitta noaniq zarba bilan cheklanishdi. Birinchi 45 daqiqalikda to'pga egalik qilish bo'yicha "Real"ning natijasi 28%.

"Manchester Siti" birinchi taymda 13ta zarba berdi, ularning 5tasi aniq. Xavbek Bernardu Silva dubl qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA