"Real" "Bavariya" bilan bog'lanib, bir futbolchi borasida muzokara o'tkazmoqchi ekanligini ma'lum qildi

Aslanov Jasurbek
5 iyun 2023, 21:55
"Real" "Bavariya" vakillariga murojaat qilib, klub himoyachisining transferi borasida muzokara o'tkazmoqchi ekanligini ma'lum qildi.

Gap Alfonso Devis haqida ketmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, myunxenliklar taklifga rad javobini berishmadi. Klub futbolchini tarkibning asosiy vakillaridan biri sifatida ko'rmoqda, ammo Alfonso Devis 2025 yilda yakunlanadigan shartnomasini uzaytirmoqchi emas.

"Real" vakillari ikki marta Myunxenga borib, Devis o'yinini kuzatishdi va uning yaqinlari bilan muloqot qilishdi.

22 yoshli futboli yakunlangan mavsumda Bundesliganing 26ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca