

42 yoshli hakam uchrashuvni boshqarish uchun eng asosiy da'vogar edi, hakamlar qo'mitasi Borbalanning jismoniy holatini inobatga olib aynan uni tanladi.
El Klasikoni Antonio Migel Mateu Laos va Karlos Klos Gomes kabi hakamlar ham boshqarishi mumkin edi. Bu Borbalan uchun uchinchi klasiko bo'ladi. 2011 yil Ispaniya Superkubogi doirasidagi Barselona – Real (3:2) va o'sha yilning dekabr oyida Ispaniya chempionati doirasidagi Real – Barselona (1:3) o'yinlarida hakamlik qilgan.
Real – Barselona uchrashuvi 21 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22.15da boshlanadi.



