"Real" Azarning taqdimotini 3 iyunda o'tkazadi

Alisher
29 may 2019, 15:21
"Chelsi" hujumchisi Eden Azar "Real"ga o'tishga yaqin.

28 yoshli belgiyalik futbolchi keyingi hafta "Real" futbolchisi sifatida tanishtiriladi. Agar muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, taqdimot 3 iyunda o'tkaziladi.

"Chelsi" futbolchini 115 million funt sterlingga sotishga rozi bo'lgan. Azar 4 yillik shartnoma va haftasiga 400 ming funt maosh olish haqidagi bitimga imzo chekadi.

Azar joriy mavsum Premer-ligada 37ta o'yin o'tkazib, 16ta gol va 15ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS