"Real" Azarning maoshi tufayli undan qutilmoqchi

Aslanov Jasurbek
15 fev 2023, 23:06
Eden Azar yozda "Real"ni tark etadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Azar va uning agentlari yaqin vaqt ichida klub rahbariyati bilan uchrashib, futbolchining kelajagini muhokama qilishadi. Katta ehtimol bilan belgiyalik klubni yozda tark etadi, biroq shartnoma 2024 yilning yozida yakuniga etadi. "Real" Azar bilan uning katta maoshi (yiliga 15 mln. evro) tufayli xayrlashmoqchi.

"Qaymoqranglilar"ning fikricha, Azar faoliyatidagi burilish nuqtasi 2019 yil PSJga qarshi bahsda Toma Mene bilan bo'lgan to'qnashuv va orttirilgan jarohat ekan. Transfermarkt ma'lumotlari bo'yicha, Azar "Real"da o'tkazgan 3,5 mavsumida 18 marotaba jarohat olib, deyarli 500 kun va 77ta bahsni o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic