"Real" Azar uchun oldingidan-da ko'proq mablag' taklif qildi

Mirjalol Normatov
13 iyul 2018, 10:16
Krishtianu Ronaldu "Yuventus"ga o'tib ketdi.

Madrid jamoasi uning o'rniga futbolchi izlamoqda. Shu boisdan klubdagilar "Chelsi"ga Eden Azar borasida yana bir taklif jo'natishdi.

Endi "Real" futbolchi uchun 150 mln evro to'lashga tayyor turibdi. Jamoaning oldingi taklifidagi ko'rsatilgan mablag' 130 mln evroga teng edi.

Oldinroq OAVda Azar uchun "Barselona" ham kurashga qo'shilgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail