"Real" "Arsenal" futbolchisini sotib olmoqchi

Alisher
4 noya 2019
Madridning "Real" klubi "Arsenal" o'yinchisi Vilyam Saliba uchun taklif tayyorlamoqda.

"Kanonirlar" 18 yoshli markaziy himoyachini yozda 27 million funtga xarid qilishdi, ammo futbolchi "Sent-Eten"da ijarada qoldirildi.

Tabiiyki, futbolchi hali London klubi safida o'yin o'tkazgani yo'q. Salibaning transferiga Zinedin Zidan qiziqish bildirmoqda.

Bundan tashqari, "Sent-Eten" ustozi Klod Pyuel rahbariyat "Arsenal"ning taklifini qabul qilganidan afsuslanayotganini, futbolchi jamoada muhim rol o'ynashini aytib o'tdi.


AlisherMuallif
Manba: Defensa Central