"Real" APLdan bir yo'la 4 nafar futbolchini o'z safida ko'rmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
17 sen 2024, 16:32
"Real" yozda transfer bozorida ancha faol bo'lishni rejalashtirmoqda.

"Qaymoqranglilar" APLning o'zidan to'rt nafar futbolchini kuzatmoqda.

Madridliklar ro'yxatida keyingi yil yozda shartnomasi muddati yakuniga etadigan "Liverpul" himoyachisi Trent Aleksander-Arnold, "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri - "qirollik klubi"ning prioritet potencial xaridi mavjud. Shuningdek, "Real" "Arsenal" markaziy himoyachisi Vilyam Salibani o'z safida ko'rishni istaydi. Biroq madridliklar buni amalga oshirish ancha qyiin bo'lishini tushunib turishibdi va alternativ variant sifatida "Tottenxem"dan Kristian Romeroni ko'rmoqda.

Bundan tashqari "qaymoqranglilar" "Manchester Siti" bo'yicha "sud ishini" kuzatib bormoqda va "shaharliklar" futbolchilarini "ko'z ostiga" olib qo'ygan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: independent.co.uk